Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Islomov Umid Erkinovich Oqdaryo tumani hokimining tegishli qaroriga asosan qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U.Islomov 1982 yil Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

U ushbu tayinlovga qadar Ishtixon tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.