Oqdaryo tumanida bayram arafasida 50 nafar bola oilaviy uy bog‘chalarga qamrab olindi

Oqdaryo tumanida Navro‘z bayrami arafasida  Kumushkent mahalla fuqarolar yig‘ini  Naymancha qishlog‘ida tadbirkor Malika Egamqulova, O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini Qozoqxo‘ja qishlog‘ida tadbirkor Dilafro‘z O‘rinova, Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘ini Chayjovul qishlog‘ida Dilafro‘z Omonovalar tomonidan uy bog‘chalar tashkil etildi. Ushbu uy bog‘chalarda 50 nafar bolajon sifatli ta’lim-tarbiya olishni boshladi.

Ma’lumot o‘rnida: Bugungi kunda Oqdaryo tumanida 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 12140 nafarni tashkil etadi. Ulardan 2400 nafari 25 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan.

Joriy yil yanvar oyida 32 nafar tadbirkorga oilaviy uy bog‘chalar ochish uchun ruxsatnoma berildi, 47 nafari bilan bitim tuzildi. Tumanda 400 nafar bola oilaviy bog‘chalarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Yil yakunigacha yana 1200 nafar bolajonlar oilaviy bog‘chalarga qamrab olinishi rejalashtirilgan.