Oqdaryo va Urgutda yerlarni katta mablag‘ga sotayotgan fermer xo‘jaligi rahbarlari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalik balansidagi 4,8 gektar yer maydonini 45 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 25 ming dollar olgan vaqtida, Urgut tumanidagi fermer xo‘jalik boshqaruvchisi esa 1 gektar yerni xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.