Oqdaryoda bir kunda 6 ta hududda g‘alladan bo‘shagan yerlar yoqib yuborilgan

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabariga ko‘ra, 7 iyun kuni Oqdaryo tumanining 6 hududidagi g‘alladan bo‘shagan maydonlardagi somonpoyalar nomalum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan. 

Olib borilgan tezkor surishtirvlar natijasida 6 nafar huquqbuzar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga binoan bazaviy hisoblashning 3 barobaridan jami 5 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Hozirda o‘simlik dunyosiga keltirilgan zarar hisoblanmoqda.  

Shuningdek, voqea joyida viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan olov ichida qolgan qora mol ham qutqarib qolingan.