Oqdaryoda boshqaruv vaqtida uxlab qolgan haydovchi sodir etgan YTHda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi
Joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 02:30 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, A.Temur MFY hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining 37-kilometrida, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.A. “Lasetti” rusumli avtomobilida “Buxoro-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi oqibatida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan O‘.Sh. boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan.
Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil yo‘lovchilari 49 yoshli A.A. va 55 yoshli B.J.lar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.
Shuningdek, ushbu avtomobil haydovchisi 31 yoshli B.A. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berishicha, mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi B.A. bir yil mobaynida bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.