O‘qishga kirolmagan abituriyentlar uchun yana bir imkoniyat

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq:

✅ 2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari mutaxassisliklar va o‘qitish tillari kesimida tasdiqlandi.

➡️ Filialning magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni qabul qilish 2020 yil 14-24 noyabr kunlari;

➡️ Filialning magistraturasiga kirish imtihonlari 2020 yil 26-30 noyabr kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq:
2020/2021 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlandi.

Davlat test markazi:
✅bir kun muddatda respublika oliy ta’lim muassasalariga mazkur parametrlar tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini ro‘yxatdan o‘tish mobaynida birinchi sifatida tanlab, test sinovlari natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq, to‘plagan ballari 68,0 ball (to‘lov-kontrakt uchun 56,7 ball) va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatini to‘plangan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda shakllantiradi;

✅ikki kun muddatda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida test sinovlari natijalari qaydnomalarini chop etgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialiga yetkazadi.