O‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi

  Samarqand shahridagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi oldidan “Konstitutsiya huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Samarqand yuridik texnikumi o‘qituvchi va talabalari bilan birgalikda tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning Konstitutsiyaga oid bilim va ko‘nikmalari, huquqiy madaniyati sinovdan o‘tkazildi.

Tadbirda yuridik texnikum talabalari tomonidan sud jarayonlari sahna ko‘rinishi orqali ko‘rsatib berildi va maktab o‘quvchilariga qonunlarning ahamiyati hayotda qanday aks etishi tushuntirildi. O‘z navbatida maktab o‘quvchilari shaxsning huquq va erkinliklari haqidagi bilimlarini ishtirokchilarga namoyish etdi.

Tadbir so‘ngida maktab o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan badiiy sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

Shahodat MAHMUDOVA,

maktabning fizika fani o‘qituvchisi.