Oraliq saylovlar: Bayden, Tramp va Obama tarafdorlarini ovoz berishga chaqirmoqda
AQSh prezidenti Jo Bayden va sobiq prezidentlar Donald Tramp va Barak Obama yakshanba kuni tarafdorlarini bo‘lajak oraliq saylovlarda ovoz berishga chaqirdi, deya xabar bermoqda The Hill.
"Bu butun xalq uchun hal qiluvchi daqiqadir, biz hammamiz yagona front sifatida birlashishimiz kerak", dedi Bayden Demokratlar tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.
"Agar mamlakatimiz vayron bo‘lishini to‘xtatib, Amerika orzusini saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, 8 noyabr kuni respublikachilarga ovoz bering ", dedi Oq uyning sobiq rahbari Tramp.
U demokratlar choralarini keskin deb atab, immigratsiya, inflyasiya va tashqi siyosatini tanqid qildi.
Obamaning ta’kidlashicha, hozir aksariyat saylovchilarni inflyasiya muammosi tashvishga solyapti. So‘rovlarga ko‘ra, bu masalada saylovchilar respublikachilarga ishonadi.
Ertaga o‘tadigan oraliq saylovlarda amerikaliklar Vakillar palatasi, Senatning uchdan bir qismini, qonun chiqaruvchi assambleya va gubernatorlarni saylaydi. So‘rovlar Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni tiklash uchun respublikachilar yaxshi imkoniyatga egaligini ko‘rsatmoqda.