Osoyishtalik posbonlari oila a’zolari sayohat qilishdi
Dastlab ziyoratchilar mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan Hazrati Xizr majmuasiga tushrif buyurib, Buyuk yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shuningdek, Imom Buxoriy majmuasi, Registon maydoni hamda boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.
– Sayohat davomida ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash va ularni kelgusi avlodlarga yetkazish hamda viloyatimizda sayyohlik salohiyatini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdek, ayniqsa farzandlarim tariximiz haqida ko‘p narsa bilib olishdi, – deydi Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi Fiyosidin Yuldashevning turmush o‘rtog‘i Shahlo Jo‘raqulova. – Endi, nasib etsa, bolalarim bilan boshqa shaharlarga ham borib-kelishni rejalashtiramiz.
Asliddin ERGAShEV.