O‘tgan yilda 1478 nafar fuqaroga 1,2 mlrd. AQSh dollari miqdorida oylik maosh va kompensatsiya undirib berildi
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Burxon Aliqulov ma’lum qildi.
2021 yilda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan 89 208 ta konsullik harakatlari amalga oshirilgan.
Xususan, 23 982 nafar fuqaroga xorijga chiqish uchun biometrik pasportlari rasmiylashtirilgan, 15 322 nafar fuqaroga xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘mak berilgan, 3 635 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 38 659 nafariga Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirib berilgan.