O‘tgan yili iste’molchilardan 606 ta ariza tushgan, ularning 98 foizi iste’molchi foydasiga hal etilgan
- 15.03.2019 13:55
- 39
- Ta’lim
SamISI akademik litseyida "15 mart - Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan "Yuksak iste’mol madaniyati sari" mavzusida tadbir bo‘ldi.
Soha xodimlari 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritdi. Ishtirokchilarga farmon va qarorlar, sohadagi o‘zgarishlar haqida tushunchalar berildi.
Tadbirda yigit-qizlar fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
2018 yilda hududiy birlashma va uning quyi jamiyatlariga 606 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ularning 594, ya’ni 98 foizi iste’molchi foydasiga hal etilgan.
Teglar:
SamISI
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa