O‘tgan yili O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni 2019 yildagidan ko‘ra ortdi

Davlat statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil davomida 203,7 ming odam O‘zbekistondan ko‘chib ketgan. Shu bilan bir qatorda, 191,2 ming odam ko‘chib kelgan.

2020 yilda ko‘chib ketganlarning jami soni 2019 yilda mamlakatdan ko‘chib ketganlar sonidan 34,2 ming nafarga ko‘p.

O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 37,0 %), Rossiya Federatsiyasi (22,3 %), Tojikiston Respublikasi (20,0 %), Qirg‘iz Respublikasi (8,5 %), Turkmaniston Respublikasi (1,3 %) va boshqa mamlakatlar (10,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 64,3 %), Rossiya Federatsiyasi (29,3 %), Isroil (1,2 %), Qirg‘iz Respublikasi (0,9 %), Tojikiston Respublikasi (0,6 %) va boshqa mamlakatlar (3,7 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.