Oxiri zamon uchun zaxira: Vatikan o‘z arxivini qayerga olib ketdi?
Yaqinda Microsoft’ga qarashli GITHUB kompaniyasi Arktika yerosti saqlash ob’yektida turli loyihalarning dasturli kodlarini yashirganini e’lon qildi, deb yozadi “AiF” (2020 y, 34-son) haftanomasi.
Bu oxiri zamon bo‘lib qolsa, asqotishi mumkin emish. Ma’lumotlar hatto ko‘p marotaba yadro yoki elektr magnit qurolini qo‘llash bilan jahon urushi ro‘y berganida ham saqlanishi kerak.
Insoniyat har daqiqada sodir bo‘lishi mumkin oxiri zamon tahlikasi arafasida yana nimalarni yashirmoqda?
Dasturli kodlarni Arktikada yashirish rejasi haqida 2019 yil noyabrda ma’lum bo‘lgandi. Shundan buyon kompaniya muhandislari tomonidan 21 terabayt hajmda axborot arxivi yaratildi. Bu Windows, Linux, Android tizimlari operatsion kodlariga ochiq kirish va 6 ming ilovadir. Arxiv plyonka g‘altakka yozib olindi. U uzoq vaqt saqlanishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1066 metr plyonka talab qilindi va xalqaro shartnomaga muvofiq urushdan xoli, deb belgilangan. Shpitsbergen arxipelagiga yetkazildi.
Yerosti saqlash ob’yekti 150 metr chuqurlikda abadiy muzlik zonasida qayta jihozlangan tashlandiq ko‘mir konida joylashgan. Mutaxassislar plyonka g‘altak u yerda kamida 1000 yil saqlanishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Ma’lumotlar mustahkam temir oksidi bilan qoplangan plyonkaga yozib olingan. Bu uning xizmat muddatini uzaytiradi. Undagi ma’lumotlarni lupa bilan o‘qish mumkin.
Ma’lumotlar avtonom rejimda saqlanadi, internet uchun yopiq. Shuning uchun xakkerlar uni buzib, o‘chirib tashlay olmaydi. Inshoot tabiiy ofatlardan himoyalangan bo‘lib, “geosiyosiy nuqtai nazardan dunyoning eng xavfsiz joyida joylashgan”. U yerda hozir allaqachon Vatikanning maxfiy hujjatlari saqlanmoqda.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.
(Davomi bor).