Arktika va Alp muzliklari: Qadimgi Rim davridan beri mavjud muzliklar bir necha hafta ichida erib ketishi mumkin

Arktikada so‘nggi 40 yil ichida harorat dunyoning qolgan qismiga qaraganda deyarli to‘rt barobar tezroq ko‘tarildi. Bunday xulosalar Britaniyaning Nature ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda keltirilgan.

Mualliflar qutb muzliklari erish tezligi haqidagi oldingi prognozlar yetarli darajada baholanmaganini bildirgan.

Muzliklar erishi nafaqat Arktika, balki qachonlardir izsiz yo‘qolgan narsalar, masalan, 1960 yillarda halokatga uchragan samolyot erish natijasida topilgan Alp tog‘larida ham ro‘y bermoqda.

«Global isish davom etmoqda. Buni muzliklar qisqarishida yaqqol ko‘rish mumkin», deydi Lozanna muzlik tadqiqotchisi Robert Boniyesi.

Alp tog‘larini himoya qilish bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 120 yil ichida bu tog‘larda o‘rtacha harorat 2 darajaga ko‘tarilgan. Bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p.

Muzliklarning erishi tufayli Italiya, Fransiya va Shveysariya bu yerda joylashgan yozgi tog‘-chang‘i kurortlarini yopishga majbur. Qadimgi Rim davridan beri mavjud bo‘lgan ba’zi muzliklar bir necha hafta ichida butunlay erib ketishi hech gap emas.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.