O‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
- 04.10.2019 10:38
- 439
- Jinoyat va jazo
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida fohishaxona fosh qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 21:00 da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanida fohishaxona borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli Abdumalik X. 300 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Teglar:
fohishaxona
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa