O‘z vatanidan ko‘ra ko‘proq boshqa mamlakatlarda yashaydigan xalqlar
Tarixan shunday bo‘lganki, ba’zi xalqlar vakillari o‘z uyidan ko‘ra chet ellarda ko‘proq yashaydi. Bugun qaysi xalqlar, nima uchun boshqa joyda yashashi va bu hol nima sababdan sodir bo‘lganligi to‘g‘risida batafsil so‘z yuritamiz.
Yahudiylar
Tarixiy vatanlari Isroilda bor-yo‘g‘i 6,7 million yahudiy istiqomat qiladi, ularning umumiy soni esa 15 millionga yaqin. Yahudiylarning qo‘shimcha diasporasi AQSh va G‘arbiy Yevropada yashaydi va hozircha ularning hech qayerga ketish niyati yo‘q.
Butun dunyoda yahudiylar diasporasi qadim zamonlardan “galut” (“tarqalganlar”) deb nomlanib kelgan. “Galut sirtmog‘i”ni anglatadigan bu so‘z ayniqsa yahudiylar orasida juda og‘riqli va yaxshi taascurotga ega emas.
Taxminan ikki ming yil oldin rimliklar ularga qarshi isyon ko‘targan Yahudiya davlatini tor-mor etib, Quddusni vayron qilgan va yahudiylarga o‘z vataniga yashashni ham taqiqlaganlarida ular turli joylarga ko‘chib ketib, u yerlarda o‘rnashib olishga majbur bo‘lgan. Shu tarzda Isroil xalqi butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan.
Armanlar
Hind-yevropa tillari oilasining maxsus tarmog‘iga mansub xalqni “zaxiradagi yahudiylar” ham deyishadi. Armanistonning o‘zida atigi 3 million atrofida, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa ularning soni 12 millionga yaqin bo‘lishi mumkin. Arman diasporasini xorijda “spyurk” (jamoa) deb atashadi.
Armanlar saljuqiy turklarning zarbasi ostida qudratli Ani qirolligi ag‘darilganidan so‘ng, XI asrdan boshlab o‘z vatanlarini tark etib, jamoaga qarab oqa boshlaganlar.
1915 yilda turklarning armanlarga qarshi uyushtirgan genotsidi G‘arbiy armanistonliklarni qochishga majbur qildi. 1990-2000 yillardagi iqtisodiy vaziyat tufayli Armaniston aholisining katta qismi o‘z yurtini tark etdi.
Livanliklar
Bu semit xalqi Livanda bor-yo‘g‘i 4 million kishini ifodalaydi. Ularning 10 milliongacha bo‘lgani esa chet elda yashaydi. Bunga sabab – mamlakatning o‘zidagi doimiy fuqarolar urushlari, tartibsizliklar, iqtisodiy notinchliklar. Livanni dastlab quvg‘inga uchragan mahalliy nasroniylar tark etdi, boshqalar esa Amerika, G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga qarab ularga ergashdi.
Qizig‘i, Braziliyada 7 millionga yaqin livanlik yashaydi. Ular bu yerga XX asr boshlarida Janubiy Amerikaning bu mamlakati gullab-yashnagan paytida ko‘chib kelgan.
Inglizlar
Bugungi kunda Angliyada bu german etnik guruhining 50 millionga yaqin vakili istiqomat qiladigan bo‘lsa, chet elda ular 100 million kishini tashkil etib, ko‘p hollarda ular “oq Anglo-saks protestanlari” (white anlgo-saxon protestans - WASP) deb tavsiflanadi.
XVI-XX asrlarda WASP ko‘pincha og‘ir turmush sharoiti, diniy ta’qiblar yoki oddiygina boylikka intilish tufayli Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika bo‘ylab keng tarqalgan. Bugungi kunda ular orasida o‘zlarini Angliya bilan bog‘laydiganlari kam.
***
Afsuski, taqdir taqozosi ba’zi xalqlarning o‘z vatanida emas, boshqa joylarda tinchini topib, ko‘pchilik asrlar davomida shunday surgun qilingan kishiga aylanib qolishiga majbur qilgan.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.