Ozarbayjon parlamenti Fransiyani YeXHTning Minsk guruhidan chiqarishga chaqirdi

Kecha, 25 noyabr kuni Fransiya senati mamlakat hukumatini Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qilganidan so‘ng Ozarbayjon parlamenti Fransiya senatiga norozilik bildirib bayonot berdi. Bu haqda 26 noyabr kuni RIA Novosti nashri xabar qildi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon parlamenti mamlakat hukumatiga Fransiyani YeXHTning Minsk guruhi hamraisligidan chiqarish uchun YeXHTga murojaat qilish taklifi bilan chiqdi.

Fransiya senati rezolyusiyasi qabul qilinishini 305 nafar senator qo‘llab va bir nafar senator qarshi ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya senati qarorlari faqatgina tavsiya etuvchi huquqqa ega.

“Senat hukumatni Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga va bu statusni barqaror tinchlik uchun muzokaralar vositasiga aylantirishga chaqiradi”, deyilgan hujjatda.