Ozarbayjonda “SamAvto” avtobuslarini ishlab chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yiladi

Ozarbayjonning Hajigabul shahrida “UzAuto Motors” AJ va “SamAvto” zavodi ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, “UzAuto Motors” “Chevrolet” avtomobillarini Ozarbayjonda sotishni boshlashini e’lon qildi.

Ozarbayjon tarafdan ishlab chiqarish bo‘yicha hamkor sifatida “Azermash SR” ishtirok etgan.

Dastlabki bosqichda “Azermash SR”ning ishlab chiqarish quvvatlarida “Chevrolet”ning Nexia”, “Cobalt”, ikkinchi bosqichda “Damas” va “Labo” rusumli avtomobillarini jami 5000 donagacha, “SamAvto” avtobuslarini esa yiliga 1000 donagacha miqdorda ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilgan.

“UzAuto Motors” bosh direktori Bo Inge Anderssonning so‘zlariga ko‘ra, hozirda modellar qatoriga yana bir nechta avtomobil qo‘shish imkoniyati o‘rganilmoqda.