O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining QARORI
Samarqand viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi QAROR QILADI:
- Samarqand viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi 2019 yil 25 yanvar kuni soat 14:00da Samarqand viloyati hokimligining katta majlislar zalida o‘tkazilsin.
- Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.
- Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
Markaziy saylov komissiyasi
Raisi M.Abdusalomov
Toshkent shahri,
2019 yil 18 yanvar.