O‘zbekiston Turkmaniston darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi
- 14.01.2019 08:20
- 32
- Sport
Futbol bo‘yicha 2019 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonga qarshi maydonga tushib, yirik — 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisob o‘yinning 17-daqiqasida ochildi: Eldor Shomurodov va Doston Hamdamov boshlagan kombinatsiyani Javohir Siddiqov gol bilan yakunladi. Oradan yetti daqiqa o‘tib endi Eldor Shomurodovning o‘zi mahorat ko‘rsatib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. So‘ng ikki daqiqa ichida futbolchilarimiz yana ikkita gol urishdi — avvaliga Jalol Masharipov o‘z nomini tabloga yozdirgan bo‘lsa, 42-daqiqa Shomurodov dublni rasmiylashtirdi.
Endi terma jamoamiz turning uchinchi bosqichida musobaqa favoriti - Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi. 17 yanvar kuni bo‘lajak ushbu o‘yin natijasiga ko‘ra, «F» guruhida kim birinchi bo‘lishi ma’lum bo‘ladi (hozircha — O‘zbekiston 1-o‘rinda).