O‘zbekistonda elektr energetika tarmog‘i rivojlantiriladi

Prezidentimizning 2019 yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori bilan Jahon banki tomonidan respublika elektr energetika tarmog‘ini boshqarish tizimi takomillashtirilib, ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtiriladi.

Elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va sotishning zamonaviy uslublariga muvofiq “O‘zbekenergo” AJ qayta tashkil etiladi.

“O‘zbekenergo” tarkibida bo‘lgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali tugatilib, uning negizida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari”, elektr energiyani iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari hamda Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi tashkil etiladi.

Quvvati 10 MVtdan ko‘p energiya iste’mol qiladigan sanoat korxonalarini qurish va yer maydonlari ajratish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda faqat Energetika vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.