O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3000 nafardan oshdi
Bugun poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-tug‘ruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.
3-tug‘ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 1127 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1170 nafarga yetdi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3004 nafarga yetdi.