O‘zbekistonda nechta xorijiy korxona bor?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda Rossiyaning kapitali ishtirokida 1532 ta va Xitoy sarmoyasida 1222 ta korxona tashkil etilgan.

Xorij sarmoyasida tashkil etilgan korxonalar soni o‘tgan yil bilan solishtirganda 42 foizga ortib, 8280 tani tashkil etgan. Shuningdek, Turkiya (982 ta), Janubiy Koreya (689 ta) va Qozog‘iston (594 ta) korxonalari faoliyat yuritmoqda.    

Korxonalarning asosiy qismi sanoat va tijorat yo‘nalishida bo‘lib, Toshket shahrida 5082 ta (61 foiz), Toshkent viloyatida 913 ta (11 foiz) va Samarqand viloyatida 430 ta (5,2 foiz)xorijiy korxonalar tashkil etilgan.