O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorlik o‘rnatish taqiqlandi
- 04.06.2024 11:53
- 27
- O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston hududida shaxslarning hayot vaqtida xotirasini abadiylashtirishga va ularning sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, hujjat bilan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish bo‘yicha hukumat ekspert komissiyasi tuzilmoqda. Davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, olib tashlash (ko‘chirish) to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar tayyorlash, xulosalar berish va boshqalar uning vazifalari hisoblanadi.
Monumental yodgorliklarni o‘rnatishdan oldin tegishli sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.
Teglar:
haykal