Atrofi doim sayyohlar bilan gavjum bo‘ladigan dunyoga mashhur haykaltaroshlik asarlari
Zamonaviy dunyoda odamlar mumtoz san’at asarlari va g‘oyat mashhur haykallarga hayajon bilan qarashi bor gap. Buning sababi impressionistlarning san’at olamidagi haddan tashqari tasavvurga berilganligi va o‘tgan bir yarim asr davomida har bir inson hayotiga majoziy ravishda aralashishidadir.
Shaharlarda betonning ko‘pligi va yashillikning yetishmasligidan odamlar ongsiz ravishda charchaganliklari sabab san’at va go‘zallikni qadrlashda, asarlarda ahamiyatli tasvirlanish bo‘lmasa-da, klassiklarni afzal ko‘radi. Agar biz klassik san’at ixlosmandlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular sayohat paytida o‘tmishdagi haykaltaroshlarning ajoyib asarlaridan zavqlanishni juda xohlashadi. Sayyoramizda millionlab odamni o‘ziga jalb qiladigan san’at asarlarining ahamiyati ham shunda.
Hozirgi davrda shaharlar binolari odamlar diqqatini tortish va ularni hayratda qoldirish maqsadida turli xil materiallardan shakllar va uch o‘lchamli asarlar bilan bezatilayotgan bir vaqtda haykaltaroshlik san’ati ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Bugun keyingi asrlar davomida ham “abadiy” bo‘lib qoladigan bir necha haykaltaroshlik asarlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Shubhasiz, birinchi o‘rinda buyuk Mikelanjeloning “David” deb nomlanadigan asari turadi. Mifologik qahramon juda real tasvirlangan va balandligi bir necha metrga teng. Davidni ko‘pincha nuqsonsiz odam deb aytishadi. Chunki uning tanasi va yuzining nisbati jozibaliligi bilan maftun qiladi. Florentiyalik dahoning ijodi bilan Italiyaning Florensiya shahridagi akademik galereyada bahramand bo‘lish mumkin.
2. “Miloslik Venera” ellinistik ijodning namunasi bo‘lib, asrlar davomida Qadimgi Yunonistonning san’at ixlosmandlarini o‘ziga jalb qilib kelgan. Bu haykal bir necha asrlar davomida Leonardo da Vinchining Mona Liza (Jokondo)siga o‘xshash tarzda qandaydir ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. U yozuvchilar va haykaltaroshlarni ilhomlantirib, ularni buyuk ijodga chorlagan va ular unga bag‘ishlab she’r va qasidalar yozgan. Fransiya bo‘ylab sayohat qilganingizda aniq ko‘rishingiz kerak bo‘lgan haykal “Miloslik Venera” Parijning Luvr muzeyida qattiq nazorat ostida qo‘riqlanadi.
3. Xitoy dam oluvchilar uchun mashhur yo‘nalishda faoliyat ko‘rsata boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. So‘nggi yigirma yilda mamlakat tubdan o‘zgardi. Endi umuman qashshoqlik yo‘q, sayyohlarni jalb qiladigan turizm infratuzilmasi esa yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, mamlakat san’atining ulug‘vorligi bu yerga dam olish uchun keladigan ko‘plab sayyohlar uchun ochildi. Jigar rang gil qo‘shinlari – bu mingta ot va jangchilar haykallari bu yerga kelganlarga, albatta katta taasurot qoldiradi. Ushbu armiya imperator Sin Shixuandi buyrug‘i bilan ushbu askarlar keyingi dunyoda Xudo tomonidan tayinlangan ruhoniyga hamroh bo‘lish maqsadini ko‘rib qurilgan. Bu qo‘shin Sian shahrida kechayu-kunduz tik turganicha sayyohlarni kutib olmoqda.
4. Gruziyaning Batumi shahridagi “Ali va Nino” zamonaviy asari Batumi ko‘rfasi sohilida joylashgan. Har kuni 19:00 da 8 metrlik jussalar aylana bo‘ylab bir-biriga yaqinlashish va birlashish maqsadida harakatlanishni boshlaydi. Birlashgan zahoti esa yana bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Me’mor Tamara Kvesitadzeni turli millat va turli dinlarga mansub bo‘lgan yigit va qizni oilalari qabul qila olmaganligi to‘g‘risidagi “Ali va Nino” romani (1937 yil) ilhomlantirgan. Butun hayoti davomida qahramonlar birga bo‘lish uchun to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qilishadi va ular uylanishadi. Lekin hikoyada Ali Ninoni qichkina qizchasi bilan qoldirib, hayotdan ko‘z yumadi. Hayot fojiasi atigi 10 daqiqa ichida ularning temir tasvirlarida uzatiladi va bu sevgi raqsiga o‘xshaydi. Shuning uchun bu haykalni “Sevgi haykali” deb ham nomlashgan.
Shunday qilib, ishonch bilan ayta olamizki, har bir sayyoh me’mor va haykaltaroshlarning ijodidan bahramand bo‘lishi mumkin, asosiysi qayerga borishni avvaldan bilib olishdir.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.