O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi

4 iyuldan e’tiboran O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi ochildi va u 30 iyulga qadar davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamentida futbol klubi yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq bo‘lmagan yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin ekani ko‘rsatib o‘tilgan.

Bunda klub tomonidan ijaraga olinayotgan futbolchi ham yangi futbolchi sifatida qayd etiladi.

Agar klub 2000 yil va undan kichik yoshdagi yangi futbolchi bilan (darvozabon uchun 1999 yil) shartnoma imzolasa, mazkur futbolchi yuqoridagi limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.