O‘zbekistondan yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab birinchi poyezd yo‘lga chiqdi
- 20.09.2022 10:00
- 65
- O‘zbekiston

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston» multimodal yo‘lagini rivojlantirish maqsadida “Qashg‘ar – O‘sh – Andijon – G‘alaba – Hayraton” yangi tranzit yo‘nalishi bo‘ylab konteyner poyezdini sinov tariqasida ishga tushirish boshlandi.
Ayni paytda mazkur yo‘nalish bo‘yicha 12 dona 40 futlik konteynerdan iborat birinchi poyezd mamlakatimiz hududi orqali yo‘lga chiqmoqda.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” yangi multimodal yo‘lagi bo‘ylab yuk tashish Qashg‘ar (Xitoy) t/y stansiyasidan O‘sh (Qirg‘iziston) t/y stansiyasiga avtomobil orqali, so‘ngra “Mozori Sharif” (Afg‘oniston) stansiyasigacha O‘zbekiston hududidan temir yo‘l orqali amalga oshiriladi.
Teglar:
O‘zbekiston temir yo‘llari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim