O‘zbekistonliklarning 50 foizidan ortig‘i koronavirusga qarshi emlanishga tayyor
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik firini o‘rganish markazi COVID-19 ga qarshi emlanish borasidagi jamoatchilik fikrini o‘rgandi.
So‘rovda mamlakat fuqarolarining 53,2 foizi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyorligini tasdiqlashdi.
So‘ralganlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i (36,5 foiz) emlanishdan bosh tortmoqda.
So‘rovning har o‘ninchi ishtirokchisi javob berishga qiynaldi, bu ularning hali COVID-19 ga qarshi emlanish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilmaganligidan dalolat berib turibdi.
Emlanishga tayyorlik mamlakatning erkak aholisi orasida 17,4 foiziga yuqori bo‘lib, 60,7 foizni tashkil etadi. Ayollar orasida emlashga tayyorlar va COVID-19 ga qarshi emlanishni istamaydiganlar foizi taxminan bir xil: 43,3 foizi emlashni istaydi, 45,2 foizi istamaydi.
Yosh kesimi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyorlikning eng yuqori ko‘rsatkichi 45-54 yoshdagi fuqarolar orasida aniqlanganligini ko‘rsatdi.
Emlanish borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida aniqlandi va 28,4 foizni tashkil qildi.
Shuningdek, 35,9 foiz fuqarolar vaksinaning ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlari borasidagi xavotirlik va kuchli nojo‘ya reaksiyalarga duch kelmaslik uchun ular emlanishni rad etishga majbur bo‘lgan tibbiy qarshi ko‘rsatmalarni COVID-19 ga qarshi emlanishni rad etishning asosiy sabablari sifatida aytishdi.
34,2 foiz fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga zarurat ko‘rishmayapti va COVID-19 ga chalinishi mumkinligiga ishonishmaydi.
Fuqarolarning 16 foizi vaksinaning koronavirusdan samarali himoya qilishiga shubhalanishini, mavjud vaksinalar yetarlicha tadqiqotlar va klinik sinovlardan o‘tmaganini ta’kidladi.
8,6 foiz respondentlar emlanishni samarasiz, deb hisoblaydilar. Ular koronavirusga qarshi mavjud vaksinalar aholining kasalni yuqtirish xavfini kamaytirishi va ularning hayoti va salomatligini himoya qilishi mumkinligiga ishonishmaydi.