O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli: «O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish ishlarini davom ettiramiz»

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar vatandoshimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi, deb yozmoqda azon.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salmonovning bildirishicha, bu amaliyot Suriya hukumati va bir qancha xalqaro tashkilotlarning ko‘magi bilan amalga oshirilgan. Shuningdek, Bosh Konsul bunday amaliyot hali davom etishini, barcha O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarilishini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumatining bu harakatlarini BMT va UNICEF kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ham oqilona ish deya baholadi. Xalqaro tashkilotlar mutaxassislarining fikricha, bolalar va boshqa ayollarga jinoyatchi emas, balki huquqlari toptalgan shaxs sifatida yondashish to‘g‘ri bo‘ladi.