O‘zbekistonning qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgani ma’lum qilindi
Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalarining soni 69 628 tani tashkil etmoqda.
Bu ular barcha korxonalarning 14,6 foiziga teng. Shundan 68 746 tasi kichik biznes sub’yektlaridir.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 11 452 ta
Farg‘ona viloyatida – 7 949 ta
Toshkent viloyatida – 7 123 ta
Samarqand viloyatida – 6 238 ta
Andijon viloyatida – 5 513 ta
Namangan viloyatida – 5 077 ta
Buxoro viloyatida – 4 210 ta
Qashqadaryo viloyatida – 4 058 ta
Xorazm viloyatida – 3 995 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 372 ta
Navoiy viloyatida – 3 211 ta
Surxondaryo viloyada – 3 194 ta
Jizzax viloyatida – 2 715 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 521 ta.