Oziq-ovqat mahsulotlarining qaysi turlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydigan tovarlar ro‘yxatini tasdiqladi.


Ushbu ro‘yxatdan joy olgan oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilar:
1) Go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda)
tirik holdagi va ularning so‘yilgan mahsulotlari;
2) Baliq;
3) Kartoshka;
4) Piyoz;
5) Tuxum;
6) Guruch (barcha navlari);
7) Shakar, shu jumladan, import qilingan;
8) Non mahsulotlari.


Davlat soliq qo‘mitasi ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarga berilgan imtiyoz soliq to‘lovchilar tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana va ulgurji realizatsiyasi (non mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bundan mustasno) amalga oshirilganda qo‘llanishini ma’lum qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan
aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.