“O‘zkomnazorat” viloyatdagi asosiy telekommunikatsiya tarmog‘iga so‘nggi avlod martshrutizatori o‘rnatilganini ma’lum qildi
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy shu’basi mutaxassisi K.Hasanovning Zarnews.uz’ga xabar berishicha, yaqinda viloyatdagi asosiy telekommunikatsiya tarmog‘iga “Huawei” Co.Ltd.” kompaniyasining yuqori o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega “NetEngine 8000” rusumidagi so‘ngi avlod martshrutizatori o‘rnatildi.
Natijada kommutatsiya quvvati 4 Tbit/sekund, uzatish tezligi - 906 million paket/sekund oshirildi. Ya’ni, telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish borasida oldinga yana bir qadam qo‘yildi.
Ushbu qurilmalar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy shu’basi hamda “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali bilan birgalikda o‘rganilib, ishga tushirildi.
Natijada olis va tog‘li hududlaridagi qishloq aholisi ham zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari – (Triple-play) telefon, yuqori tezlikdagi internet va IPTV dan foydalanishi imkoniyati yaratildi.