Palov yostiq emas

Tilshunoslikda "realiya" atamasi bor, ya’ni millatga xos bo‘lgan milliy so‘zlar, nomlar bir tildan bosh¬qa tilga tarjima qilinmay, asl holicha o‘tadi. Shuning uchun millatni, milliy buyumlar va merosni bildiruvchi so‘zlar tarjima qilinmaydi. Masalan, sportga xos bo‘lgan "football, boks, kurash, karate", fanga xos bo‘lgan "computer, notebook" va boshqa so‘zlar. Shunday bo‘lsa-da, milliy taomimiz – palov ing¬liz tilida "pilav", rus tilida "plov", deb talaffuz qilinadi va yoziladi. Bir tomondan qarasak, bu oddiy holdek. Ammo "pilav" so‘zi ingliz tilidan o‘zbek tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda, biroz fonetik xatoga yo‘l qo‘yilsa, inglizcha "pillow", ya’ni "yostiq" so‘ziga yaqinlashib qoladi. Qarabsizki, milliy taomimiz "yostiq"qa aylanib qoladi. Shuning uchun ham bizning taomimizni hamma davlat "palov"ligicha tanisin. Axir biz amerikaliklarning "hot-dog"ini "issiq kuchukcha", ukrainlarning "щi"sini "o‘tli sho‘rva", deyayotganimiz yo‘q-ku! 

Mahliyo ABDUSAMATOVA, 
SamDChTI talabasi.