Pamela Singla: “Hindistonda oilaviy ajrimlar soni ortmoqda, ammo hukumat darajasida e’tibor qaratilgani yo‘q”
Dehli universiteti professori, sotsiolog Pamela Singla Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zebiniso Rahmonova va jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi. Singla xonim O‘zbekistonda xotin-qizlarga munosabat, ular uchun hukumat tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va uning natijalari bilan qiziqdi.
- Bir necha oydan buyon O‘zbekistonda xotin-qizlar faoliyati, ularning yashash tarzi haqida o‘rganishlar olib bormoqdaman, - deydi Pamela Singla. – Xususan, Samarqandda bir oydan beri yashab, aholi, olimlar bilan suhbatlar olib bordim. Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvim davomida bu yerda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida ko‘p ishlar bajarilayotganiga guvoh bo‘ldim.
Xotin-qizlarning turli sohalarda faoliyat olib borishi tahsinga loyiq. Ayniqsa, mahalla instituti, u yerdagi yarashtiruv komissiyasi faoliyati meni juda qiziqtirib qoldi. Sababi, shu institut tufayli ko‘p oilalar yarashib ketayotgani bu sizlarning yutuqlaringiz, nazarimda. Hindistonda ham dunyo bo‘yicha bo‘lgani kabi oilaviy ajrimlar soni ortmoqda, ammo hukumat darajasida e’tibor qaratilgani yo‘q.
Gulruh MO‘MINOVA.