Past Darg‘omda qoidaga zid tarzda xandaq qazish oqibatida ikki qavatli binoning bir qismi qulab tushdi
- 15.05.2024 17:42
- 745
- Samarqand
Ijtimoiy tarmoqlarda Past Darg‘om tumanidagi «Samarqand» MFY hududida yashovchi fuqaro uyi qulab tushgani haqida xabar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, voqea shu yilning 14 may kuni sodir bo‘lgan.
Qurilish vazirligi holat bo‘yicha izoh berdi:
“Mazkur ob’yekt viloyatning Past Darg‘om tumani «Samarqand» MFY Samarqand ko‘chasida joylashgan noturar joy bo‘lib, haqiqatan ham xandaq qazish jarayonida noto‘g‘ri yo‘l tutilgani bois qo‘shni uyga zarar yetgan.
Mazkur holatga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilamiz”, — deyiladi vazirlik izohida.
Shuningdek, viloyat FVB holat yuzasidan dastlabki ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan fuqarolar o‘rtasida jarohatlanish qayd etilmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa