Past Darg‘omda 26 tup ko‘p miqdordagi “kannabis” giyohvandlik o‘simligini o‘stirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kecha, 8 iyun kuni soat 10:45 da Past Darg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” maxsus tadbiri davomida Past Darg‘om tumani O‘tarchi MFYda yashovchi 51 yoshli Z.E. uyining tomorqasida jami 26 tup ko‘p miqdordagi “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu o‘simliklar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur  holat  yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Z.E. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.