Past Darg‘omda 5 ta mikro GES ishga tushdi

Viloyatimizda muqobil  energiyadan foydalanish imkoniyatlari oshmoqda.

Jumladan, Past Darg‘om tumanidagi “Samarqand GESlar kaskadi” korxonasi negizida qo‘shimcha 3 ta 220 kVt va 2 ta 230 kVt li generatorlarga ega bo‘lgan mikro GES qurib ishga tushirildi. Bu bilan qo‘shimcha 1120 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Kelajakda shu kabi mikro GESlar orqali elektr energiyasi olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish kutilmoqda.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.