Past Darg‘omda alimentdan bo‘yin tovlagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Byuroning Past Darg‘om tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining qaroriga asosan qarzdor J.U. dan undiruvchi L.A foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 54 mln. 461 ming so‘m aliment pullarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Garchi qaror 2020 yil chiqqan bo‘lsa-da qarzdor ogohlantirishlarga qaramasdan to‘lovni amalga oshirmagan.

Byuroning Pastdargom tuman bo‘limi davlat ijrochisi, Dilshod Temirovning tahririyatga ma’lum qilishicha, ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-(4)- moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.