Past Darg‘omda g‘alladan yuqori hosil olayotganlar ko‘p

Tumandagi 287 ta fermer xo‘jaligi 17 ming 616 gektar maydonda g‘allaning “Davr”, “Bardosh”, "O‘zbekiston-25", “Vassa”, “Andijon-2”, "Alikseyevich", "Krasnodar" kabi ertapishar va serhosil navlarini parvarishlab, el xirmoniga 44 ming 66 tonna don sotishni rejalashtirgan.

Bugungi kungacha 93 ta fermer xo‘jaligi 15 ming 926 tonnadan ziyod g‘alla topshirgan bo‘lsa, 32 tasi shartnoma rejasini bajardi.

O‘rim-yig‘im ishlariga 39 ta yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari, 152 ta yuk tashish texnikasi, 4 tadan ko‘chma ustaxona va yoqilg‘i tarqatish texnikasi jalb qilingan.
Tumandagi "Husan-Yusuf-Jahongir” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi a’zolari 50 gektar maydonda g‘alla parvarishlab, davlatga 150 tonna don sotdi. Shartnoma rejasidan ortgan don o‘z ixtiyoridav qoldi.