Past Darg‘omda "Malibu"ga yashirilgan ko‘p miqdorli pirotexnika vositalari aniqlandi
- 29.11.2021 22:03
- 95
- Samarqand

Kecha, 29 noyabr kuni soat 16:30 larda Past Darg‘om tumanida katta miqdordagi pirotexnika vositalarini ortib, harakatlangan avtomobil ushlangan.
Tuman hududidan o‘tuvchi 4R-46 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari "Malibu" rusumli avtomobilni to‘xtatib tekshirganda, uning yukxonasida 3 ming quti pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va aniqlangan vositalar tuman IIBga topshirilgan.