Past Darg‘omda Navro‘z bayrami tadbirlari 5 ming qadam yurish bilan boshlandi

Bugun tongdan tuman markazida joylashgan 3-sektorga qarashli mahallalarda Navro‘z shodiyonalari boshlanib ketdi.

Tadbir dastlab "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" loyihasi doirasida yurish marafoni bilan boshlandi.

Ayni damda esa bayram tadbirlari tuman 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida davom etyapti.

Bu yerda sport musobaqalari, milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxon, milliy qo‘shiq va laparlar kishilar ko‘ngliga bahoriy iliqlik kiritmoqda.