Past Darg‘omda o‘ndan ziyod xonadon tabiiy gaz tarmog‘idan uzildi

Aholi o‘rtasida tabiiy gaz, elektr energiyasi iste’moli uchun o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorlikni aniqlash, uni bartaraf etish bo‘yicha Past Darg‘om tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Buning uchun sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari tegishliligi bo‘yicha hududlarga biriktirilgan.

Xususan, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Nazarov boshchiligidagi ishchi guruh tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan mavjud qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida tumanning Bo‘ston hamda Po‘latchi mahallalarini o‘rgandi. Qarzdorligi bo‘lgan xonadonlar to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha ogohlantirilganligiga qaramasdan, ayrim xonadon egalari qonunda belgilangan majburiyatni bajarmay kelayotgani aniqlandi. Qarzini o‘z vaqtida to‘lamagan o‘ndan ziyod xonadon belgilangan tartibda tabiiy gaz hamda elektr energiyasi tarmog‘idan uzildi.

Tahririyatdan: Umid qilamizki, ushbu gaz tarmog‘idan uzilgan xonadonlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi emas.