Past Darg‘omdagi “mushtumzo‘rlik” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 02.12.2021 19:28
- 369
- Jinoyat va jazo

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Past Darg‘om tumanidagi buyum bozorida fuqaroni bir necha kishi kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Ko‘p o‘tmay viloyat IIB tomonidan mazkur ish o‘rganilayotgani va jazo muqarrar bo‘lishi haqida bayonot berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“2021 yil 24 noyabr kuni Past Darg‘om tumani “Qatorterak” mahallasida yashovchi A.B. tumandagi buyum bozorida o‘zining tanishi N.S.ni ko‘rib qolib, o‘zaro tortishib qolishi natijasida ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
Janjal davomida A.B. N.S.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi IIB xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
OTMda tahsil olayotgan talaba nega repetitorga boryapti?
- 27 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 30 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport