Paxtachi tumanida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
- 20.02.2024 18:13
- 93
- Jinoyat va jazo

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda aniqlangan. Tergovga qadar tekshiruvda “X.Q.” MChJ rahbari korxonaning “Qirguli” mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab olgan. Shu tarzda jami 1,3 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 23 daqiqa avval
- Mutolaa
Quyoshni to‘sgan vulqon
- 45 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Bugun Samarqandda jam bo‘ldi dunyo!
- 2 soat avval
- Mutolaa