Paxtachi va Kattaqo‘rg‘onda “Inson” ijtimoiy markazlari binosi foydalanishga topshirildi
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar guruhlari ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.
Viloyatimizdan tanlangan Paxtachi tumani hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida ushbu markazlarning binolari foydalanishga topshirildi.
Yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markazlarda fuqarolar hamda markaz xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Endilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlarning 43 turi mahallada va 30 turi “Inson” markazlarida, jami 73 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. Ushbu xizmatlarning 39 turi joriy yilning 15 oktyabridan, 34 turdagisi esa 2024 yil 1 yanvardan boshlanadi.
Bunda, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan ta’minlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.