Paxtachida oltin bilan shug‘ullanib kelayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi
- 19.02.2020 21:56
- 725
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.U. va boshqalar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ tizmasi hududidan tarkibida qimmatbaho oltin moddasi bo‘lgan tosh xom ashyosini o‘g‘irlik yo‘li bilan kovlab olib kelib, o‘zlari tashkil etgan yashirin sexda qayta ishlab, oltin moddasini ajratish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlandi.
Ulardan 237 dona qoplarda tarkibida ma’lum miqdorda oltin moddasi bo‘lgan 4 tonna tog‘ jinslari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa