Payariq tumanidagi ikkita mahallaning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar boshlandi
Viloyat hokimining Payariq tumanidagi Bobur va To‘polos mahallalarida obodonlashtirish bunyodkorlik ishlarini olib borish, hududdagi infratuzilmani yaxshilash hamda og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ayni paytda bu jarayonlar boshlab yuborildi.
Viloyat xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev viloyat va tumandan biriktirilgan tashkilot rahbarlari ishtirokida galdagi vazifalar, bundan tashqari, muloqot davomida aholi murojaatlari tinglanib, amalga oshirilishi lozim vazifalar kelishib olindi.
Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli ushbu yo‘lning 5- va 10-kilometrlaridagi ko‘priklar ham to‘liq ta’mirlanadigan bo‘ldi. 10 ta qishloqni o‘z ichiga oladigan ikki mahallaning 6 km qismida shag‘allashtirish, 12 kilometr asfaltlash va 7 kilometr yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shuningdek, To‘polos va Bobur mahallalariga optik tolali tarmoq tortilib, aholi internetga ulanadi.
Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari jarayonida mahalla binosini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.