Payariqda kovorking markazi ochildi. U nima uchun kerak?
“Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Endilikda tadbirkorlikka qiziqqan payariqlik yoshlar biznes haqida kerakli bilimlarga ega bo‘lishlari, yosh tadbirkorlar esa o‘zlarini qiynagan savollar bilan ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin, deya xabar beradi O‘zbekiston yoshlari ittifoqi.