Pele shifoxonada, ahvoli og‘ir
Uch karra jahon chempioni va futbol tarixida eng buyuk futbolchilardan biri Pele shu kunlarda og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi.
Bir yil oldin o‘simta olib tashlangan 82 yoshli Pele bir hafta oldin, odatiy muntazam tashrifi chog‘ida San-Pauludagi kasalxonaga yotqizilgan.
Pelega o‘tgan hafta nafas yo‘llari infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan va uch kun oldin San-Pauludagi Albert Eynshteyn kasalxonasida ahvoli barqaror ekanligi aytilgan.
Biroq 3 dekabr kuni Braziliyadan Pele endi kimyoterapiyaga javob bermayotgani va palliativ yordam olayotgani haqida "Bi-Bi-Si"dan mustaqil tasdiqlanmagan xabarlar keldi.
"Men kuchli va umidga to‘la", “Hamma xotirjam va pozitiv bo‘lishini istayman”, deb yozgan Pele "Instagram"da.