Pensionerlar qayerda yaxshi yashaydi?

Pensionerlar hammadan ko‘ra Germaniyada eng yaxshi yashaydi deb hisoblanadi. Bu mamlakatda davlat pensiyasi hali Bismark chog‘ida – 120 yil avval paydo bo‘lgan. To‘g‘ri, sal ishkal tomoni – qarilik bo‘yicha nafaqat 70 yoshdan to‘langan, o‘rtacha umr esa 25 yil qisqa bo‘lgan. Davr o‘zgargan: o‘tgan asr o‘rtalariga kelib amalda barcha sivilizatsiyadan dunyo pensiya tizimiga o‘tgan.

***

Kosmos chiqindixonaga aylanyapti

Insoniyat ona zaminni chiqindixonaga aylantirib bo‘ldi, shekilli, endi kosmosni bulg‘amoqda. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, Yer atrofida kattaligi koptokday 23 ming har xil siniq parchalar aylanib yuribdi. Yana hajmi 1 mm., taxminan 100 mln. hajmi 1 mm.dan katta siniq parchalar bor.
Sautgampton universitetining professor-muhandisi Xyu-Lyuns so‘zlariga qaraganda, har bir siniq parcha to‘qnashuvi orbitani, balandligiga qarab turli tezlikda kezib yuribdi. Kosmik chiqindi parchasining 1 sm. kattalikdagisi tezligi yo‘ldoshni to‘liq yo‘qotishga qodir.

***

Xitoy kvartallari nega vayron qilinyapti?

Xitoy AQSh ortida Karib dengizi havzasi atrofida joylashgan kambag‘al davlatlarga «yordam» qo‘lini cho‘zib kelayotgan edi. Kuba 600 mln. dollar, Bagama – 450 mln., Grenada 55 mln., Trinidad va Tobago 2 mlrd. yordam puli olgandi. Ammo xitoyliklar ularga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish o‘rniga sartaroshdan tortib restoran xizmatchisigacha o‘zlari egallab oldilar. Bu mahalliy aholiga yoqmadi. Ular xitoyliklar egallab olgan kvartallarni vayron qilishga kirishdi.

T.Shomurodov tayyorladi.